Kripto trayder lug’ati
4 min readSep 1, 2022
Ushbu kripto savdo lug’ati kriptovalyuta bozori va raqamli aktivlar savdosi dunyosiga tegishli keng tarqalgan ishlatiladigan atamalardan va ularning manolaridan iborat. O’rganishni endigina boshlagan bo’lsangiz hammasini mukammal yodlashingizni tavsiya bermayman. Shunchaki o’qib tushinishga harakat qiling, va keyinchalik shu atamalarga yana duch kelganingizda ko’proq anglab yetasiz. Yana qaytib kelib o’qish uchun maqoladagi saqlash tugmasini bosing! Yoki har doim bizni quyidagi link orqali topasiz — CCU!
A
- Airdrop
Kripto aktivning o’z auditoriyasiga tokenlarni tarqatishni o’z ichiga olgan marketing strategiyasi hisoblanadi. (Etibor qiling, airdrop atamasidan ko’p (scammerlar) firibgarlar odamlarni aldab ma’lumotlarini olish uchun ijtimoiy tarmoqlarda foydalanadi. Shuning uchun airdrop haqidagi e’lonlarni faqat rasmiy web-sahifa yoki kanallardan toping, va o’zingiz uchun tasdiqlab oling.) - Algo-trading: Algoritmik savdo
Algoritm yordamida sotib olish va sotish buyurtmalarini joylashtiradigan avtomatlashtirilgan savdo tizimiga aytiladi. Masalan: KuCoin birjasida algo-trading funktsiyasi mavjud. - Altcoin: Altkoin
“Alt tangalar” qisqartmasi ALTS, u Bitcoindan tashqari barcha kripto tangalarni anglatadi. - Annual Percentage Rate (APR): Yillik foiz stavkasi (APR)
APR — har yili kredit bo’yicha to’lanishi kerak bo’lgan foizlar miqdori. U davriy foiz stavkasini yiliga necha marta undirilganiga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanadi. - Annual Percentage Yield (APY): Yillik foizli rentabellik (APY)
APY — bu ma’lum bir investitsiyadan olingan yillik foyda, foizlarni qo’shish faktori orqali hisoblanadi. (Masalan: Sizga APY 120% lik investitsiya 1 oyga pul kiritish deyilgan bo’lsa, buning manosi siz qo’ygan sarmoyangizni yillik hisobda 120%ga yani oyiga 10% oshirishingiz mumkunligi haqida malumot berishmoqda. Bir oyda 120% degani emas. Shunchaki oylik foizlarning bir yil muddatdagi yig’indisi APY deb ataladi.) - Arbitrage: Arbitraj
Arbitraj bir vaqtning o’zida turli xil bozorlarda xar hil narxlarda mavjud bo’lgan aktivdan foyda olishni o’z ichiga oladi, masalan, bir bozordan aktiv sotib olish va keyin uni boshqa bozorda yuqori narxda tezda sotish orqali. - Ask Price: So’rov narxi
Bu sotuvchi aktiv uchun qabul qiladigan eng past narxi, yani bundan pastiga sotmasligini bildiradi. Bu atamni ko’proq kripto P2P bozorlarida ishlatiladi. Masalan: Paxfull
B
- Bear Traders: Ayiq treyderlari
Bozor narxlari tushishiga ishongan va short pozitsalar orqali daromad qilishni maqsad qilgan treyderlardir. (Bir trayder bozorning holatiga qarab ham Bear ham Bull trader bo’lib harakat qilishi mumkun, bu atama shunchaki trayderning hozirgi savdolardagi pozitsiyasini anglatadi. - Bid Price: Taklif narxi
Kimdir qimmatli qog’oz, kripto aktiv, xizmat yoki shartnoma uchun to’lashga tayyor bo’lgan xarajat taklif narxi deb ataladi. Yani sotib oluvchining sotib olmoqchi bo’lgan narxi, masalan P2P bozorlarida (masalan: Paxful) sotib olishga qo’yilgan elonlarda Bid Price ko’rsatiladi. - Bid-Ask Spread: Taklif-so’rov farqi
Xaridor to’laydigan eng yuqori narx va sotuvchi qabul qiladigan eng past narx o’rtasidagi farq. - Bitcoin ATM (BTM): Bitcoin Bankamati
Bitkoinni sotib olish va sotish uchun kassa punkti (bankomati) yoki avtomatlashtirilgan kassa mashinasi. - Bit: Bit
Bit bu — bitkoinning kichik birligini belgilash uchun ishlatiladigan umumiy birlikdir — 1 000 000 bit 1 bitkoinga (BTC) teng. Ushbu birlik odatda narx bo’yicha maslahatlar, tovarlar va xizmatlar uchun qulayroqdir. Lekin Bitcoinning bundan ham kichik birligi mavjud. Satoshi. Bir to’liq bitcoin 100 000 000 satoshiga tengdir. Satoshi nomi Bitcoin yaratuvchisi Satoshi Nakamoto sharafiga foydalanuvchilar tomonidan qo’yilgan. 100 Satoshi= 0.00000100 ฿= 1 Bit / μBTC (you-bit) / bit / microbitcoin - Blockchain: Blocklar zanjiri
Blok zanjiri Bitcoin tranzaktsiyalarining xronologik tartibda ommaviy malumotlar bazasidir. Blok zanjiri barcha Bitcoin foydalanuvchilari o’rtasida taqsimlanadi hammaga ochiq ko’rinib turadi. U Bitcoin tranzaktsiyalarining doimiyligini tekshirish va u elektron iqtisodiyotdagi ‘’double spending’’ (ikki marta sarflash) muommosiga yechim topadi. - Bull Trader:
Bozor narxlari ko’tarilishiga ishongan va long pozitsalar orqali daromad qilishni maqsad qilgan treyderlardir. (Bir trayder bozorning holatiga qarab ham Bear ham Bull trader bo’lib harakat qilishi mumkun, bu atama shunchaki trayderning hozirgi savdolardagi pozitsiyasini anglatadi. - Burn: Yoqish
Tokenlarni blockchaindan bir umrga muomaladan chiqarib yuborishga aytiladi. Yani burn qilingan tokenning bozorda mavjud bo’lgan soni kamayadi. (Burn mexanizmlari tokonomics dagi boshqa katta mavzu hisoblanadi, qiziqganlarga keyinroq post qoldiraman, bilishingiz kerak bo’lgani ko’pchilik burn ni marketing strategiyasi qilib ham ishlatmoqda, yani suniy deflatsiya kabi!)
C
- (Japanese) Candlesticks: Yapon shamchalari
Vaqt o’tishi bilan narxlarning o’zgarishini ko’rsatadigan savdo jadvalining bir turi. Har bir sham belgilangan oraliq muddatda yuqori va past narxlarni, shuningdek, ochilish va yopilish narxiga oid ma’lumotlarni taqdim etadi. (Bu haqda aloxida dars) - Central Bank Digital Currency (CBDC): Markaziy bankning raqamli valyutasi
Markaziy bank (yoki davlatlar) tomonidan chiqarilgan kriptovalyuta, davlat tomonidan tartibga solishga qarab, qonuniy to’lov vositasi maqomiga ega bo’lishi mumkin. (CBDC lar to’liq davlat nazoratida bo’ladi va hozirgi fiat pullar bilan bir xil funktsiyani bajaradi, CBDC lar shunchaki Bitcoin kabi markazlashmagan kripto valyutalar bilan musobaqalashish uchun yaratilgan tokenlardir.) - Centralized: Markazlashtirilgan
Bir yoki bir nechta sanoqli node (shaxslar) tomonidan nazoratga olingan blockchainlarga nisbatan ishlatiladi. Yani markazlashgan blockchainni kam sonli shaxslar boshqara oladi. - Centralized Exchange (CEX): Markazlashtirilgan birja (CEX)
Markazlashtirilgan tashkiliy tuzilishga ega kompaniya tomonidan boshqariladigan kripto almashinuvi. Bunday kripto birjalar ko’p holatlarda foydalanuvchilardan (KYC) shaxsni tasdiqlovchi tizimdan o’tishni talab qiladi. Bunday birjalarga misol: Binance; KuCoin; GateIO; Coinbase;
davomi bor… yozilmoqda