KO’P UCHRAYDIGAN 7 TA KRIPTO SCAM (FIRIB)LAR

Crypto Community of Uzbekistan
5 min readJan 26, 2023
ENG KO’P UCHRAYDIGAN KRIPTO SCAM (FIRIB)LAR HAQIDA

Bitcoin va kriptoni yaxshi tushunib yetmagan odamlarda ‘’kripto bu tovlamachilik’’ degan yangilish tushuncha mavjud. Buning asosiy sababi kriptoga endi kirib kelgan odamlarning har xil firiblarga uchrashi va yaxshigina pulga tushishidir. Sizni ishontirib aytishim mumkunki, butun kripto industriyasi firibgarlikdan iborat emas. Har bir sohada firibgarlik uchrashi mumkun, lekin kripto olamida ko’proq uchrashiga sabab uning yangiligi va odamlarda yetarlicha ma’lumot yo’qligida deb bilaman. Yana bir sababi esa kriptoda qiymat tushunchasi eski bank tizimi kabi emasligida. Buni yoritish umuman boshqa masala.
Ushbu maqolada, eng ko’p uchraydigan scam (firib) tizimlar haqida eslatib o’taman. Do’stlaringizga ulashing va ularni ham firiblardan saqlab qoling.

1. FIRIB LOYIHALAR

Bugungi kunda 10 000 dan ortiq blockchain coinlar mavjud. Va bularning juda katta qismi soxta loyihalardir. Yani firibgarlar soxta loyiha web sahifasini yaratishadi va pul evaziga marketing shov-shuvi orqali odamlarni sotib olishga ko’ndirishadi. Bunday loyihalarni haqiqiy startuplardan ajratib olish juda qiyin. O’z tajribamdan kelib chiqib, bunday loyihalarni ajratishdagi signallarni sanab o’taman:

  • Ilmiy asossizligi: Loyihaning hech qanday ilmiy asosga ega emasligi va biron xaqiqiy muommoni hal qilmasligi
  • Markazlashgan tizimdan boshqarilishi (PoS tizimlarida ko’proq uchrashi): Loyihaning bir yoki bir nechta kam sonli odamlar tarafidan boshqarilishi
  • Anonim jamoa (to’liq yoki qisman): Yaratuvchilarning kimligi aniqmasligi
  • Loyihada shoshqaloqlik (yaratilganiga ko’p bo’lmaganligi): Yangi loyihalarning yaratilganligi va foydalanuchilar testidan hali o’tmaganligi
  • Forum yo’qligi: Ochiq muhokama qilish uchun forum mavjud emasligi, yani loyiha yaratuvchilariga savol bera olish imkoniyati mavjudmasligi
  • Tokonomiyasi (Tokonomics): Koinlar soni cheksizligi yoki kelajakda yana shunday koinlar mint qilish imkoniyati ochiqligi
  • Loyiha haritasi mavjudmasligi yoki xatoligi

Agar shunday loyihalarni uchratsangiz, investitsiya qilishdan cheklaning. Bunday loyihalarga misollar:

Confido investorning 375 ming dollari bilan g’oyib bo’ldi.
Benebit investorning 2,7 million dollari bilan g’oyib bo’ldi.
Centra Token investorlarni 32 million dollarga tushurgan.

2. MARKAZLASHGAN BIRJALAR: (BAZILARI)

Siz duch keladigan firibgarlikning ikkinchi eng keng tarqalgan shakli bu “bazibir markazlashgan birjalar”dir. Aslida, men o’quvchilarimga kriptoni faqat ‘’non-custodial’’ hamyonlarda saqlashni maslahat beraman. Sababi kripto to’liq sizniki bo’lishi uchun uni har doim o’z hamyoningizda saqlashingiz kerak. Birjalardan faqat savdo qilish uchun foydalanilgan maqul, pulni saqlagani emas.

Deyarli har kuni yangi birja reklamasi internetdan chiqib keladi. Ko’pchiligi bozor qulagan vaqtlarda bankrotlik e’lon qilib yopilib ketadi, bunday holatda birjada saqlagan kriptolaringizga kuyib qolish ehtimoli bor.
Buning bitta yechimi mavjud: oldin aytganimdek o’z kriptoni birjadan o’z hamyoningizga chiqarib olishingiz. Yoki bazilar DEX (Markazlashmagan birja)lardan foydalanish. Buning ham o’ziga hos tavakkalchiligi bor, bu haqda boshqa postda yozib qoldiraman.

Ba’zi shunday soxta birjalarni sanab o’taman: Komentda o’zingiz bilgan yoki tajribangizdan o’tgan boshqa birjalarni yozib qoldiring.

FIRIB BIRJALAR: 01crypto, Btc-cap, Capital-coins, Coinquick, Cryptavenir, Crypto-banque, Crypto-infos, Cryptos.solutions, Cryptos-valyuta, Ether-invest, Eurocryptopro, Finance-mag, Gme-crypto, Gmtcrypto, Good-crypto Mycrypto24, Nettocrypto, Patrimoinecrypto va Ydconsultant.

Qo’shimcha o’qish uchun:

Kriptoni qaysi birjalardan sotib olish mumkun?

3. SOXTA HAMYONLAR

Bitcoin va boshqa mashxur altcoinlarning soxta hamyonlari mavjud va playmarketdagi hamma hamyonlarni ham havfsiz deb bo’lmaydi

Hamyon ochishdagi 12 yoki bazi kriptolarda 24 talik kalit so’zlar kerak bo’ladi. Bu kalit so’zlar sizdan boshqa hech kimda bo’lmasligi kerak. Soxta hamyonlar ishlash mehanizmi, ushbu kalit so’zlarning nusxasini o’zlarida saqlashidir. Va hamyoningizga kripto kiritganingizda ular kalit so’z orqali kira olishi mumkun.

Garchi AppStore do’koni xavfsiz deb e’lon qilingan bo’lsa-da, lekin u erda juda ko’p soxta ilovalar mavjud.

Ho’sh qanday qilib ishonchli hamyonlarni yuklab olish mumkun?

  • Hamyonni loyihaning rasmiy web sahifasidagi linkdan ko’chirib oling
  • Albatta hamyonning yuklanganlik sonini va odamlarning osha hamyon haqidagi fiklarini internetda qidiring. Reddit sahifasi yoki playstorening o’z review tizimidan foydalaning.

4. PIRAMIDA yoki PONZI SXEMALARI

Bu juda ko’p tarqalgan firib usuli bo’lishiga qaramay, haligacha odamlarni o’ziga tortadi. Sababi iqtisodiy oiramidalarning turi va ko’rinishi juda ko’p. Katta divident yoki yillik oylik, kunlik, xatto soatlik daromad keltirishni vada qilayotgan hamma loyihalar Iqtisodiy Piramidalar bo’lish ehtimoli juda katta.

Agar siz internetda yoki do’stlaringiz tarafidan taklif qilinayotgan katta daromadli investitsiya loyihasiga duch kelsangiz, pul kiritishdan oldin quyidagilarga etibor qiling:

  • Taklif qilayotgan do’stingiz yoki tanishingiz ham pul to’lab kirganmi? Agar ha bo’lsa siz pul to’laganingizda do’stingiz foyda oladimi? Iqtisodiy firib!
  • Loyihaning haqiqiy daromadi qayerdan? Piramidalarda asosiy daromad faqat yangi foydalanuvchilarning pul kiritishi yoki biron arzon maxsulotni sotib olishi bilan bo’ladi. Va foydalanuvchiga yangi odamlar chaqirish orqali ko’p daromad qilish mumkunligini ko’rsatadi.
  • Taklif qilinayotgan foizlar haqiqatga yaqinmi? Xalqaro bozorda eng havsiz davlat bondlari dollar uchun yillik 4–5 % daromad taklif qiladi. Sizga esa bundan ancha yuqori daromadni havsiz deb sotishmoqchi?
  • Kripto olamiga hos tarafi, loyihaning o’z kripto tangasi borligi va uni sotishga harakat qilishidan bilib olsangiz bo’ladi. Biron vazifani yoki muommoni hal qiluvchi kripto loyihalarni multi-level marketing yo’li bilan reklama qilishga hojat yo’q. Haqiqiy startuplar hech qachon katta daromad taklif qila olmaydi.

Shunday firib piramida loyihalardan biri OneCoin investorlarning butun dunyodan milliardlab pullarini olib ketishdi.

5. AIRDROP YOKI SOVG’A FIRIBLAR

Kripto grupplarda follow qiluvchilar ko’p uchragan narsa bu ularga har xil airdroplar takliflar tushishidir.
Firibgarlar airdrop haqida yolg’on xabar tarqatishadi va sizga uni olishda yordam berishini aytishadi. Sizning malumotlaringizni, foydalanuvchi ismi, parol va hamyon kalit so’zlarini olib bo’lgach g’oyib bo’ladi. HECH QACHON KALIT SO’ZLARNING PAROLINGIZNI YOKI EMAIL hisobingizni boshqa odamlarga bermang.

Ikkinchi airdrop scamlar bu sizga airdrop tushishi uchun qaysidir kriptoni olishni taklif qilishlaridir. Bu ham scam. Sababi kripto tangalarni istalgan odam yaratishi mumkun va ularning hech qanday foydali jihati bo’lmasligi mumkun.

6. PUMP VA DUMB GRUPPALAR

Telegram, Reddit va Twitter bunday pump va dumb gruppalar bilan to’lib toshgan. Ularning mexanizmi oddiy, gruppadagi odamlarga bir vaqtning o’zida kripto sotib olish orqali narxni suniy ko’tarishni taklif qilishadi.

Masalan, Pump va Dump telegram guruhlar birjalardagi har qanday bozor qiymati kam bo’lgan koin nomini elon qilishadi, bundan oldin esa o’zlari katta miqdorda sotib olishgan bo’lishadi. Elon qilingandan so’ng ko’tarilganda sotaman deb kirgan oddiy foydalanuvchilar sotib olishni boshlashadi. Aynan shu vaziyatda oldinroq sotib olgan guruh yaratuvchilari sotishni boshlashadi. Va guruhdagi 99% odam ziyon bilan chiqadi faqat guruhning egalari va ularning kam sonli do’stlari foyda bilan chiqadi.

7. SOXTA AGENTLAR

Bu biroz murakkabroq va ajratib olish qiyin bo’lgan firib turidir.

Bunda firibgarlar o’zini biron kattaroq loyihaning agenti yoki qo’llab quvvatlash liniyasidan deb tanishtiradi va sizdan hamyoningiz malumotlarini olishga harakat qiladi. Bunda turli xil yo’llardan foydalanishi mumkun, bundan himoyalanishning eng oson yo’li bu o’z malumotlaringizni hech kim bilan ulashmasligingiz kerak. Ayniqsa hamyon kalit so’zlarini

Yana bir narsani qo’shimcha qilib o’taman, birjadagi hisobingizni sotish bu katta xatodir. Sotib olingan birjalardan firibgarlar odamlarning kartalaridagi pulni yechib olishda foydalanishadi. Bu degani sizning nomingizdan o’girlik qilishadi.

Xulosa

Bilimsizlik va kriptoni tushunmaslik firibgarlarga katta qo’l kelmoqda. Kripto sohasiga kirib kelgan ekansiz, shaxsiy havfsizlikni oshirish va malumotlaringizni havsiz saqlashni o’rganing.
CryptoCommunity Jamoasi
Muallif: azzamovn

--

--

Crypto Community of Uzbekistan

Our first goal is to educate people of Uzbekistan about Crypto Space, We believe in decentralization of finance.